Har bir matchdan keyin: o'zbek tilida tahlil va tayyor klip.
Steam'ni bir marta ulaysiz, buning uchun ikkita kod kerak. Har bir match tugagach demo o'qiladi: raundlar, xatolar va 2D tahlil. Eng yaxshi momentlaringiz o'zi klipga aylanadi va Telegramga keladi.
Namuna match: 24 raund, 2 ta moment. Har bir nuqta topilgan momentni bildiradi, eng yaxshilaridan klip tayyorlanadi.
Qanday ishlaydi
-
1Siz · bir martaSteam + 2 ta kod
Steam'ni ulang
Ikkita kod kerak: ruxsat kodi va match kodi. Ikkala kodni Steam yordam sahifasidan olasiz, buni telefondan ham qilish mumkin. Parol so'ralmaydi.
-
2Siz · odatdagidekPremier
FACEIT
O'ynang
Premier matchlar o'zi qo'shiladi. FACEIT: kompyuterda kengaytma demoni o'zi yuboradi, telefonda demo havolasini joylashtirasiz.
-
3noscope · avtomatik
Tahlil va klip keladi
Match tahlili o'zbek, rus yoki ingliz tilida: natija, raundlar tasmasi, xatolar va 2D tahlil. Eng yaxshi momentlar videoga aylanib, Telegramga keladi.
Namuna: bitta match tahlili
NamunaBu boshqa o'yinchining matchi, raqiblar nomi yashirilgan. Sizning matchingiz ham xuddi shunday ko'rinadi.
Mirage · Premier · 34:10
G'alaba. Bu match noscope'niki edi.
Reyting 1.03: noscope'ning odatdagi reytingidan (0.93) yuqori. U 24 raundning hammasini o'ynadi, Premier reytingi endi 9 999.
ADR so'nggi 10 match o'rtachasidan 25.7 yuqori.
ADR на 25.7 выше среднего за последние 10 матчей.
ADR is 25.7 above the average of the last 10 matches.
- Takroriy pozitsiya 1-raund
Oldingi o'limi joyidan 4 metr ichida yana o'ldi.
- Treyd yo'q 12-raund
Jamoadoshi uning yonida o'ldi, lekin 5 soniya ichida uni hech kim treyd qilmadi.
Kliplar o'zi tayyorlanadi
Har bir matchdan eng yaxshi momentingiz o'zi navbatga qo'yiladi. Klip tayyor bo'lgach, uni saytda va Telegramda ko'rasiz.
- Ace
- 4K
- 3K
- 2K
- Klatch
- Entry
- Deagle HS
- Noscope
- Devor orqali
- Tutun orqali
- Pichoq
- Zeus
Tariflar
Bepul boshlang, karta kerak emas. Pullik tariflar so'mda; avtomatik uzaytirishni istalgan payt o'chirasiz.
Bepul
Boshlash uchun
- So'nggi 20 ta match
- Haftasiga 1 ta klip, noscope belgisi bilan
- 720p · 60 fps
Force Buy
Tavsiya etiladiFaol o'yinchi uchun
- To'liq arxiv · so'nggi 30 kundagi istalgan matchdan klip
- Oyiga 300 ta klip, noscope belgisiz
- 1080p · 60 fps
- 3 kun bepul sinov (karta bilan)
Full Buy
Hammasini xohlaganlar uchun
- Force Buy'dagi hamma narsa
- Oyiga 500 ta klip
- Kliplar navbat kutmasdan tayyorlanadi
- To'liq match videosi
- Har bir kill raqib nigohidan ham
- Har bir killni CS2'da demodan ochadigan buyruq
- 1080p · 120 fps
Hamma tariflarda: match tahlili, raundlar tasmasi, 2D tahlil, progress, Telegramga yuborish.
Tariflarni batafsil taqqoslashKarta raqamingiz bizda saqlanmaydi: uni Paylov xavfsiz saqlaydi.
Savollar
Javob topmasangiz, Telegramda @noscopeadmin'ga yozing. Sizga bot emas, jamoamiz a'zosi javob beradi.
Steam parolim kerakmi?
Yo'q. Steam orqali kirasiz: Steam o'zi tasdiqlaydi. Biz faqat match tarixingiz va demolarni o'qiymiz; savdo, inventar va xabarlarga tegmaymiz.
Qaysi matchlar o'qiladi?
Premier va matchmaking: Steam kodlari orqali, avtomatik. FACEIT: kompyuterda kengaytma demoni o'zi yuboradi, telefonda demo havolasini joylashtirasiz.
Klip qancha vaqtda tayyor bo'ladi?
Odatda bir necha daqiqada, navbatga qarab. Sahifani yopsangiz ham klip tayyorlanishda davom etadi, tayyor bo'lgach Telegramga keladi.
30 kundan eski matchlar bilan nima bo'ladi?
Valve demolarni 30 kun saqlaydi. Eski matchlar ro'yxatda ko'rinadi, lekin ulardan klip yaratilmaydi.
Birinchi matchingiz tahlilini bepul oling.
Ikkala kodni Steam yordam sahifasidan olasiz, buni telefondan ham qilish mumkin. Kompyuter klubidamisiz? Hech narsa o'rnatilmaydi: ruxsat kodini saytda kiritasiz, match kodlarini keyin @noscopee_bot'ga ham yuborishingiz mumkin.
